Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin
7.03.2022 09:29,  
38

1 mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Mehmon J.Ortiqo‘jayevga qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu, shubhasiz, davlatlarimiz rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, mart oyining oxirida bo‘lib o‘tadigan II-strategik hamkorlik bo‘yicha sammit doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdog‘an O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, taraflar Turk maktabini kengaytirish uchun yer maydonini ajratish va Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berishni hamda Toshkentda qurilish bilan shug‘ullanayotgan turk kompaniyalarining masalalarini muhokama etdilar.

Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu masalalarning yechimida imkon qadar ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. Olgan Bekar ham, o‘z navbatida, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishni va’da berdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан