Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
7.07.2020 17:52,  
498

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.

2 iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.

Unga “COVID-19”, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 39 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 10587 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 6690 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан