Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent markazidagi binoni ta’mirlash buyurtmasini qurilish vazirining qarindoshlariga aloqador kompaniya oldi
13.04.2021 12:48,  
304

Toshkent shahridagi Sharaf Rashidov shoh ko‘chasida joylashgan (Mustaqillik maydoni yoni) ma’muriy binoni ta’mirlash va favvora ostida avtoturargoh qurish ishlari 431,5 milliard so‘mga baholandi. Bu haqda davlat haridlari portali ma’lumotiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Yagona mijozga xizmat ko‘rsatish» injiniring kompaniyasi 2019 yil 9 iyulda «Trest-12» AJ bilan 207,82 milliard so‘mga baholangan shartnoma tuzgan. Loyihani 2020 yil 31 dekabrgacha yakunlash va uni amalga oshirishni to‘liq davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan. 2021 yil 29 martda «Trest-12» bilan qo‘shimcha shartnoma imzolangan, unga ko‘ra, qurilish qiymati 431,52 milliard so‘mgacha ko‘tarilgan. «2GIS» xizmati xaritasida Sharof Rashidov shoh ko‘chasidagi 5-uy – 14 qavatli ma’muriy bino Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi bilan Vazirlar Mahkamasi binosi o‘rtasida joylashgan. Ilgari uning tarkibida Moliya vazirligi, Xalq ta’limi va Madaniyat vazirliklari bo‘lgan. Hozir ushbu binoda qaysi bo‘lim yoki vazirlik joylashgani noma’lum. Davlat xaridlari portalida joylangan hujjatlarga ko‘ra, rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati moddiy-texnik bazasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (hujjat ochiq manbalarda berilmagan) 307-sonli qarori asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, «Trest-12» kompaniyasi 1994 yil 7 dekabrda ro‘yxatdan o‘tgan. Asosiy faoliyati yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar qurish hisoblanadi. «Trest-12» aksiyadorlar jamiyatining boshlig‘i sifatida Faxriddin Nazirov ko‘rsatilgan. Shuningdek, ta’sischilar qatoriga Toshkent shahar hokimligi (51,1 foiz), Zokirova Muazzam Saidahmatovna (19,1 foiz), Zokirov Jasur Botirovich (14,1 foiz), Zokirova Muhayyo Oktyabrevna (13,1 foiz) va yana 12 kishi (2,6 foiz) kiradi.

 

«Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, Jasur Zokirov va Muhayyo Zokirova qurilish vaziri Botir Zokirovning o‘g‘li va rafiqasi. Uning o‘zi ham 2019 yil iyul oyida «Trest-12» aksiyadorlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан