Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent markazidagi yirik bepul «stoyanka»​ butunlay yopildi. Nega faqat shahar markaziga yopishib olishdi?
4.12.2019 12:41,  
707

Toshkent shahrining Amir Temur va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasidagi chorraha yonida joylashgan yirik bepul avtoturargoh bugun 4 dekabrdan butunlay yopildi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Asosan shu atrofdagi ulkan ofislar – Ucell, Mobiuz (YuMS), Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Bosh pochtamt va boshqa tashkilotlar xodimlariga tegishli mingga yaqin avtomobillar turgan bu avtoturargoh bir necha hafta ilgari o‘rab olina boshlangan edi. Endi esa u yerda “Diqqat, xususiy hudud. 2019 yil 4 dekabrdan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi” degan e’lon osilgan.

Foto: "Xabar.uz"

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir yil avval Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim şirketi” kompaniyasi (Turkiya Respublikasi) va “UzTur Investment and Development” MChJ (O‘zbekiston Respublikasi) tomonidan Toshkent shahrida “Tashkent Central Park” ko‘p tarmoqli kompleksi qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangandi.

Toshkentning qoq markazida barpo etilishi rejalashtirilgan besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va tijorat banki aynan ushbu bepul avtoturargoh o‘rnida quriladi.

Shuningdek, bu joyda qurilishi rejalashtirilgan ob’yektlar borasida bloger Qobiljon Xidirov (davletovuz) o‘zining bir qancha mulohazalarini bildirib o‘tdi:

Investor kelishiga, uning ish o‘rinlarini yaratishga bo‘lgan sa’y-harakatlarini faqat va faqat olqishlash mumkin. Ammo bir-ikkita savollar ham yo‘q emas.

Birinchidan, nega soliq va bojxona imtiyozlari shu kunlarda jamoatchilik muhokamasida turgan hamda individual soliq imtiyozlarini istisno etadigan Soliq kodeksiga parallel ravishda berilyapti? Davlat boshqaruvida bir liniyadagi falsafa yo‘qmi?

Vaholanki, Prezidentning 31 maydagi qarori bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan beriladi.

Vaqtinchalik imtiyozlar ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

Imtiyozlar berishga, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish taqiqlanadi.

Ikkinchisi, qurilish uchun tanlangan joy oltinga teng. U joyda nimadir qurishga O‘zbekistonning istalgan milliarderi imtiyozsiz ham ko‘nadi. Nega boshqa tumanlarda, iloji bo‘lsa, shahar chekkasida bunday joylar tanlanmaydi va imtiyozli asosda berilmaydi? Nega faqat shahar markaziga yopishib qolinmoqda?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан