Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent markaziy ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan velomarafon yakunlandi (foto)
9.11.2019 17:42,  
123

Bugun Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab havaskor velosipedchilar o‘rtasida velomarafon bo‘lib o‘tdi. “Humo arena” muz saroyi hududidan start olgan tadbir havaskor va professional velosiped haydovchilarini bir yerga jamladi.

8 km masofaga harakatlanishni amalga oshirgan ishtirokchilar orasida yigit va qizlar bilan bir qatorda yoshi ulug‘ sport ixlosmandlarini ham ko‘rish mumkin bo‘ldi.

400 nafar ishtirokchilar orasida 10 daqiqa ichida birinchilar qatorida yetib kelgan Nikolay Ilin erkaklar o‘rtasida birinchi va Svetlana Isayeva ayollar orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Avvalroq, Toshkentda 14:30 dan 16:00 gacha velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan ba’zi ko‘chalarning bir qismi transport vositalari uchun vaqtincha yopilishini ma’lum qilgan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан