Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metropoliteni Sergeli yo‘nalishini qurish ishlari yakunlanmoqda
8.10.2020 09:24,  
205

Umumiy qiymati 82,66 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu mega loyihada dastlabki qurilish ishlari 2017 yil boshida boshlangan bo‘lib, hozirda o‘z nihoyasiga yetish arafasida turibti. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi quruvchilari tomonidan hozirgacha “Choshtepa”, “Toshkent halqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipchoq” bekatlarida asosiy qurilish ishlari yakunlanib, tashqi va ichki qismlarga bezak berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu kungacha bekatlar oralig‘idagi ikki yo‘lli po‘lat izlarning jami 12,8 kilometr qismiga temir yo‘l izlari to‘liq yotqizildi. Ta’kidlash lozimki, “Choshtepa” bekati Chilonzor yo‘nalishidagi “Olmazor” yer osti bekati bilan bog‘lanadi. 

Ushbu loyiha yakuniga yetgach 214 ta yangi ish o‘rni ham yaratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан