Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metropoliteni uchun 10 ta yangi poyezd qaysi mablag‘ evaziga sotib olinishi ma’lum bo‘ldi
13.07.2021 18:03,  
245

Toshkent metropoliteni 63,3 million yevroga 10 ta poyezd sotib oladi. Bu hukumat qarori bilan tasdiqlangan loyihada keltirib o‘tilgan, deya xabar bermoqda Spot.

Poyezdlarni sotib olish kredit shartnomalari imzolangan aprel oyida ma’lum bo‘lgandi. Ammo shartnomaning boshqa tafsilotlari yaqinda e’lon qilindi.

Xarid, asosan, kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy mablag‘lar — «VEB.RF» korporatsiyasi (30,4 million yevro), «Roseksimbank» (24,4 million yevro) va davlat byudjetidan (8,7 million yevro) ajratiladi.

Vagonlarning o‘zi 50,7 million yevroni tashkil etadi, qolgan mablag‘lar komponentlar, kreditlarni sug‘urtalash, bojxona rasmiylashtiruvi va boshqalar hisoblanadi. O‘zbekiston 2031 va 2032 yillarga qadar kreditlarni qaytarishi kerak.

Harakatlanuvchi tarkib Moskva yaqinidagi «Metrovagonmash» zavodida ishlab chiqariladi. Sotib olingan yangi vagonlardan 10 ta to‘rt vagonli poyezd tashkil etiladi.

Keltiriladigan poyezdda vagonlar orqali erkin harakatlanish mumkin. Bosh vagonlarda nogironlar aravachasi uchun joylar mavjud. Har bir yo‘lovchilar bo‘linmasi bekatni qidirish, yo‘nalishni rejalashtirish va yo‘l vaqtini hisoblash uchun interaktiv qidirish qobiliyatiga ega sensor ekranli axborot monitorlari bilan jihozlangan.

Yo‘lovchi salonlari va haydovchi kabinalari videokuzatuv, konditsioner va havoni zararsizlantirish tizimlari bilan jihozlangan. Metro vagonlari va romlarining ishlash muddati 30 yil. Haydovchilar kabinasining old oynasi, bir qismi yer yuzida harakatlanadigan Toshkent metrosining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, qo‘lda sozlanishi mumkin bo‘lgan quyosh nurlaridan himoya qiluvchi tizim bilan ta’minlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан