Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metropoliteniga jetonsiz kirish imkoniyati paydo bo‘ldi
7.10.2019 18:50,  
686

Toshkent metropoliteninng 10 ta bekatiga jetonsiz kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Humo to‘lov tizimi matbuot xizmati xabar bermoqda.

To‘lov Humo tizimiga ulangan debet kartani validatorga tegizish orqali amalga oshiriladi.

Hozircha NFC (near field communication) tizimli metro turniketlari faqat 10 ta bekatga o‘rnatilgan. Bular: Chilonzor yo‘lining Buyuk ipak yo‘li, Amir Temur hiyoboni, Mustaqillik maydoni, Paxtakor, Xalqlar do‘stligi, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor bekatlari, O‘zbekiston yo‘lining Beruniy bekati hamda Yunusobod yo‘lining Minor va Abdulla Qodiriy bekatlaridir.

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Toshkent metropolitenida haligacha jetondan foydalanilayotganini tanqid qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан