Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metropolitenining navbatdagi bosqichini qurish ishlari sabab "Qo‘yliq" atrofidagi ayrim avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgartirildi
23.02.2021 08:46,  
107

Toshkent metropolitenining yer usti xalqa yo‘nalishi, navbatdagi bosqichini qurish ishlari olib borilayotganligi sababli, Yangi Qo‘yliq va Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chalari chorrahasi avtomobillar harakati uchun yopilganligi munosabati bilan, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 37, 45, 55-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zgartirish quyidagicha:

- 37 va 55-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati ikki tomonlama Toshkent xalqa aylanma yo‘lidan Qo‘yliq mahallasi hududi (Tibbiyot kolleji ko‘chasi) va Yangi Qo‘yliq ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartiriladi;

  • 45-sonli avtobus yo‘nalishining Qo‘yliq bozori tomon harakati Toshkent xalqa aylanma yo‘li orqali Qo‘yliq dehqon bozoriga qadar, qaytish yo‘nalishidagi harakati Qo‘yliq bozoridan Farg‘ona yo‘li, Yangi Qo‘yliq ko‘chalari hamda Qo‘yliq mahallasi hududi (Tibbiyot kolleji ko‘chasi) va Toshkent xalqa aylanma yo‘li ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartiriladi.

 

Bunda yo‘nalishning Qo‘yliq dehqon bozori so‘nggi bekatida to‘htab turish vaqti qisqartiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан