Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metrosida ikki poyezd to‘qnashgani aytilmoqda. Holatga izoh berildi
9.04.2021 21:16,  
666

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “Beruniy” bekatida ikki poyezd to‘qnashgani aytilgan video tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Unga ko‘ra, ushbu kadrlar 7 aprel kuni soat 08:40 da texnik sabab bilan yo‘lovchilar “G‘afur G‘ulom” stansiyasida harakatlanuvchi tarkibdan tushib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga ko‘chirilayotgan payt metro yo‘lovchilaridan biri tomonidan suratga olingan. Yo‘lovchilar tushirilgan poyezd shatakka olinib, Beruniy stansiyasiga olib borilgan.

Shuningdek, xabarda ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internetda yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligi eslatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 mart kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor va Sirg‘ali yo‘nalishlari orasida ikkita poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘lgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан