Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlari 30 avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi
26.08.2021 11:34,  
49

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan 30 avgustdan boshlab Toshkent metropolitenidagi poyezdlar qatnovi yangi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan:

«Chilonzor» va «Sergeli» yo‘nalishlarida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha – 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;
«O‘zbekiston» yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha – 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;
«Yunusobod» yo‘nalishi ertalab soat 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi va 16:30 dan 19:30 gacha poyezdlar qatnovi har 7 daqiqada tashkil etiladi.
Shuningdek, 30 avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent metropolitenining kengayishi va poytaxtning aholi zich joylashgan tumanlarida ham yangi yo‘nalishlar ochilishi bilan birga yo‘lovchi tashish hajmi ikki barobarga oshgan. Tig‘iz payt vaqtida stansiyalarning platformalarida va harakat tarkiblarida yo‘lovchilarning ko‘payishi kuzatila boshlagan.

Ta’kidlanishicha, ushbu muammoni hal qilish uchun yangi, zamonaviy metrovagonlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Avvalroq Rossiyadan Toshkentga 20 ta yangi metro vagonlari yuborilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yakuniga qadar shu turdagi yana 20 ta vagon keltirilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан