Toshkent - Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi yo‘lovchilarga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, 1-apreldan Nyu-York shtatining sanitariya xizmatiga shakl to‘ldirish va jo‘natishning elektron uslubi kiritildi.
Shaklni to‘ldirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
1. Internetga kirish
2. Veb-brauzerning manzil satriga traveler.health.ny.gov manzilini kiritish
3. Sahifaga kiritish so‘rovnomani elektron shaklda kiritish
COVID-19 testining "manfiy" natijasi va yuqorida ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirish shart!