Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent propiskasini olish qiyinlashishi mumkin
3.04.2019 12:16,  
18

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkmasining “Davlat boji stavkalarining 4-bandiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Loyiha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandiga quyidagi o‘zgartirishni kiritish nazarda tutilgan.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda – shartnoma summasining 5 foizi, ammo eng kam oylik ish haqining kamida 10 baravari miqdorida;

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda – shartnoma summasining 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.

Ma’lumot uchun: “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 2, 5, 9 –11-bandlariga muvofiq Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan shaxs tomonidan Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida doimiy yashab turganiga (lavozimda bo‘lganiga) uch yil to‘lmasdan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda, u ushbu kichik bandda belgilangan stavkada davlat boji to‘laydi.

Agar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri mazkur kichik bandda belgilangan stavkada davlat boji to‘laydilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан