Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent-Qarshi tezyurar yo‘lovchi poyezdining harakati tiklanadi
10.09.2020 18:16,  
122

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 11 sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 4/3 sonli «Nasaf» tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Poyezd 11 sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан