Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar deputatlariga aholining muammolarini hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan ajratmoqchi
19.01.2021 16:06,  
82

Toshkent shahar deputatlariga aholining muammolarini hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan ajratiladi

Bunda 60 ta deputatga ja’mi 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt deputatlari kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda UzReport.

Xuddi shu maqsadda xalq deputatlari tuman kengashining har bir deputatiga 100 mln so‘mdan ajratiladi. Aholi muammolarini hal qilish uchun shahar sektor rahbarlariga yiliga 5 mlrd so‘mdan ajratiladi. Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘iga 2 mlrd so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etish uchun 80 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu mablag‘larning 30 mlrd so‘mini shaharda daraxtlar ekish uchun sarflashni taklif qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан