Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimi qabuliga kelganlar orasidan erkaklarni izladi
22.08.2019 10:14,  
39

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mirobodlik shikoyatchilar bilan muloqot chog‘ida jazavaga tushib baqirgani aks etgan audioni “Ozodlik” radiosi turli tarmoqlarga sizdirdi. “Ozodlik”ning xabar berishicha, bu voqea 16 avgust kuni sodir bo‘lgan.

Shu paytgacha xalq bilan muloqotni o‘rniga qo‘yib kelyapti, deya e’tirof etiladigan Toshkent shahar hokimining bu tarzdagi muomalasi jamoatchilikda keskin norozilik uyg‘otdi. Ma’lum bo‘lishicha, mirobodlik shikoyatchilar Nukus ko‘chasidagi 88-uy va 1-Mirobod tor ko‘chasidagi 5-uy oralig‘idagi 60 metrlik bo‘sh maydon o‘rnida savdo majmuoasi qurish haqidagi avvalgi hokim qarorini bekor qilishni so‘rab Jahongir Ortiqxo‘jayevga uchinchi bor murojaat qilishgan.

Hokim qabul chog‘ida shikoyatchilarga: “Qayerga borsang shu yerga bor, xohlasang Prezidentga, xohlamasang Xudoga bor”, deydi va stol ustiga nima bilandir qattiq-qattiq uradi. Qabulda hozir bo‘lganlarning aytishicha, hokim stolga suv to‘ldirilgan baklajka bilan uradi va zarbning qattiqligidan suvi to‘kilib ketgan baklajkani uloqtirib yuboradi.

Audioyozuvda hokimning: “Erkaklar bormi bu yerda, kachogi, mujigi bormi?” deganini ham eshitish mumkin. Ayollarga esa, musulmon ayol jim turishi, erkaklar gapirishi kerakligini ta’kidlab, ulardan ham: “Erlaring bormi, bolalaring bormi, g‘urur bormi?” deb so‘raydi.

Hokimning ayollarga bunday muomala qilib, ulardan jim turishni, erkaklar gapirishini talab qilishi jamoatchilik orasida ayollarning konstitutsion huquqlarini poymol qilish deya baholanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb belgilab qo‘yilgan.

Arzchilarning biz murojaat qilgan manbaga bildirishicha, savdo majmuasi qurilishi kerak bo‘lgan maydon bolalar o‘ynaydigan, keksalar hordik chiqaradigan joy. Shuningdek, shikoyatchilar: “To‘qqiz qavatli uylar orasida kamida 45 metr masofa bo‘lishi shart, bu qurilish qilinsa, orada faqat 20 metr masofa qoladi va bu qonunga zid. Yerni hech qanday auksionsiz hokim qarori bilan sotib yuborish esa qonunni takror buzishdir”, deb ta’kidlashgan.

Hozircha Toshkent shahar hokimligi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан