Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimligi audioyozuvga munosabat bildirdi
17.11.2019 16:54,  
5874

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, 16 – noyabr kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi sifatida tarqatilgan audioyozuv jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Xabarda aytilishicha, hozirda ushbu masalaga oydinlik kiritish va har tomonlama o‘rganish maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq internetda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdid qilgani audiosi tarqalgan edi.

Shundan so‘ng, dastlab, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda boshqa tashkilotlar Toshkent shahar hokimi ushbu audio yozuvdagi haqoratli tahdidlari uchun javob berishi kerakligini aytib, bayonot bilan chiqishgan edi.

Yaqin vaqtlarda esa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан