Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimligi «Istiqlol» majmuasi uchun «SUM» qarshisidagi hudud tanlanganiga izoh berdi
4.02.2021 16:32,  
277

Toshkent shahar hokimligi «Istiqlol» majmuasi barpo etish uchun Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘idagi joy tanlanganiga izoh berdi. 3 fevral kuni poytaxt hokimligi O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi.

«Maydondagi ko‘p yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolgan hamda hozirgi xiyobon faoliyatiga ta’sir qilmagan holda yurtimiz tarixi, mustaqillik yillaridagi yutuqlarimiz, milliy o‘ziga xosligimizni namoyon etuvchi majmuani barpo etish e’lon qilingan tanlov shartlarida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bugundan e’tiboran Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ‘Istiqlol’ majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va muhofazaga olinadi», — deyiladi hokimlik xabarida.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan majmua loyihasining fotosurati qurilish uchun asos emasligi, tanlov e’lon qilinishining sababi ham keng jamoatchilik uchun loyihalarni ochiqlik asosida muhokama qilishga sharoit yaratib berishdan iboratligi ta’kidlab o‘tilgan.

«Tanlov hay’ati tomonidan ijodkorlarning loyihalaridagi birinchi navbatda maydondagi barcha daraxtlarni saqlagan, insonlar uchun obod muhit va qulay sharoit yaratishga qaratilgan takliflari qabul qilinadi», — deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Istiqlol» majmuasini qurish va unda «mustaqillikning mohiyati va ulkan tarixiy ahamiyatini aks ettiruvchi monumental kompozitsiya»ni yaratish Prezidentning 2020 yil 17 dekabrdagi farmonida ko‘zda tutilgan edi.

11 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev banklar 2021 yilda amalga oshirishni rejalashtirgan yirik investitsiya loyihalarining taqdimoti bilan tanishgan, «Gazeta.uz» ular orasida taqdimotga ko‘ra, «SUM» qarshisida joylashgan majmua loyihasi borligiga e’tibor qaratgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан