Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimligi jurnalist va blogerlardan kuz-qish mavsumi oldidan hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni ko‘proq yoritishni so‘radi
12.09.2019 19:30,  
59

Toshkent shahar hokimligi jurnalist, bloger va barcha fuqarolarga murojaat qilib, kuz-qish mavsumidan oldin hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni ko‘proq yoritishni so‘radi:

"Jurnalist, bloger va shahrimizning barcha fuqarolari diqqatiga!

Toshkent shahridagi kommunal sohaga daxldor xizmatlar tomonidan kuzgi-qishki mavsumni betalofot o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

Shunga qaramay, hokimlik va mas’ul tashkilotlarning e’tiboridan chetda qolgan holatlar bo‘lishi mumkin. Agar siz kuz-qish mavsumidan oldin hal qilinishi kerak bo‘lgan biror muammoni aniqlasangiz, Toshkent shahar hokimligining Feysbuk sahifasi orqali xabar berishingizni yoki bu haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz / kanallaringizga joylashtirishingizni so‘raymiz.

Bu bilan shahardagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish masalasida sezilarli yordam bergan bo‘lasiz" deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан