Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimligi yordam pullari o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblaganlarga emas, «temir daftar»dagi oilalar tarqatilganini ma’lum qildi
1.08.2020 17:39,  
816

Avvalroq, hukumat koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus farmoyish chiqargani, unga ko‘ra hududlarda ehtiyojmand oilalarga ikki kun ichida bir million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam puli berilishi haqida xabar bergan edik.

Farmonga ko‘ra, Toshkent shahridagi muhtoj oilalarga jami 25 milliard so‘m tarqatilishi ko‘zda tutilgan edi.

1 avgustga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani «Humo» mahallasida yuzaga kelgan mojaroli holatning videolari tarqaldi.

 

 

Unda, jumladan, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi vakillari mahalla ma’muriyatini davlat tomonidan ajratilgan naqd pul ko‘rinishidagi moddiy yordamni tarqatishda adolat va shaffoflik mezonlariga rioya qilmaganlikda ayblayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev izoh berdi.

"Vazirlar Mahkamasining 29 iyul kuni chiqargan farmoyishiga asosan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlariga ikki kun muddatda ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston «Saxovat va ko‘mak» fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishini ta’minlash vazifasi yuklangan.

Toshkent shahriga 25 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu 25 milliard so‘m 30 va 31 iyul kunlari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, xalq tili bilan aytganda «temir daftar»ga kiritilgan oilalarga tarqatib berildi. Ta’kidlash joiz, mahallalardagi moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari har bir sektor nazoratga olgan «temir daftar»larga kiritilgan.

Afsuski, targ‘ibot-tashviqot ishlari yetarli darajada o‘tkazilmagani, ommaviy axborot vositalarida bu masalani keng yorita olmaganimiz sababli, fuqarolar orasida «ushbu moddiy yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblagan barchaga tarqatiladi», degan tasavvur paydo bo‘lgan.

«Temir daftar»lar — moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari shaffofligini ta’minlash uchun saxovat.argos.uz tizimi ishga tushirilgan. Aynan mana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga ko‘mak pullari tarqatildi. Boshqa masalalar bo‘yicha tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlari fuqarolar qabulini o‘tkazib, kimga beriladi, kim qanday muhtoj ekanligi to‘g‘risida amaliy ishlar olib bormoqda.

«Saxovat va ko‘mak» fondi orqali «temir daftar»larga kiritilgan oilalarga yordam ko‘rsatiladi. Toshkentda «temir daftar»ga kiritilgan 20 841 oila ro‘yxati o‘zgarib turadi. Tuman hokimliklari, sektor rahbarlariga ro‘yxatni doimiy yangilab borish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bu, ayniqsa, karantin cheklovlari kuchaygan, ko‘pchilik ishsiz, yonida mablag‘i qolmagan hozirgi paytda juda muhim" - Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан