Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolgan 3 kishining qidiruvida ko‘mak so‘ramoqda
16.07.2021 09:40,  
321

Toshkent shahar IIBB 3 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaroning qidiruvida ko‘mak so‘ramoqda.

1947 yilda tug‘ilgan Mochalov Vladimir Ivanovich, 2020 yilning oktyabr oyida Olmazor tumani, Qora-qamish 2/4 manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 175-180 sm, gavda tuzilishi o‘rtacha, oq sochli, kuzlari qora.
Egnida: kepka, djinsi shim va qora tufli bo‘lgan.

1972 yilda tug‘ilgan Malikov Shukurillo Sultonovich, 2020 yilning noyabr oyida Mirzo-Ulug‘bek tumani, «Mag‘rur» ko‘chasida istiqomat qilib kelgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 170-173 sm, ozg‘indan kelgan, sochi qora, o‘ng qo‘lida chandig‘i bor.
Egnida: kul rang djemper, ko‘k djinsi shim va qora krossovka bo‘lgan.

1957 yilda tug‘ilgan Zigangirov Ismail Minigaliyevich 8 aprel kuni ertalab soat taxminan 7.00 da Yangihayot tumani, Sardor ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, o‘rtacha gavdali, ko‘zlari yashil, uzun oq sochli, mo‘yloviga oq tushgan.
Egnida: ko‘l rang kurtka, och havo rangli djinsi, qora rezina etik bo‘lgan.

«Hurmatli fuqarolar! Agar siz yuqorida keltirilgan shaxslar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz», deydi IIBB.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан