Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar IIBB “Guandjo” klinikasi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
23.04.2022 20:44,  
856

Toshkent shahar IIBB “Guandjo” klinikasi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guandjo” klinikasining sirini fosh qilishibdi” deb nomlangan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

«GUANGZHOU MEDICAL of CHINA» MChJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi «b» bandi (“Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida mazkur klinikaning Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida tekshiruv o‘tkazilgan.

Hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан