Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar IIBB hijobli ayollar nima uchun avtobusga olinganini tushuntirdi (video)
23.09.2020 11:25,  
3130

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining G‘uncha ko‘chasida hijobli ayollar ushlanib, avtobusga olib chiqilayotgani, ularga nisbatan reyd bo‘layotgani haqida murojaat-video tarqaldi. Unda Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari yo‘lda o‘tayotgan hijobli ayollarni terayotgani aytilgan. 

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, mazkur fikrlar haqiqatdan yiroq. Ro‘mol o‘ragan ayollarga hech qanday ozor berilayotgani yo‘q, bunday topshiriqlar bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. 

Ayollarni avtobusga taklif qilishdan yagona maqsad – koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan xavfsizlik me’yorlariga rioya qilish muhimligi haqida santariya-epidemiologiya nazorati xizmati va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilishi bo‘lgan.

Jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lgan fuqaro S.N. va N.R.lar sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbat o‘tkazilishi uchun avtobusga chiqayotgan vaqtlari video muallifi tomonidan tasvirga tushirilgan. Videodagi voqea 21 sentyabr kuni taxminan soat 19.25 da Shayxontohur tumani G‘uncha massivi hududida ro‘y bergan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан