Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasidagi qatnovlar cheklanadimi?
17.03.2020 10:43,  
1744

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati rahbariyatining topshirig‘iga binoan, joriy yil 16 martdan barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasalarida muddatdan oldin ta’til e’lon qilindi va o‘qishlar to‘xtatildi. Buning natijasida doimiy yashash manzili bo‘yicha Toshkent shahridan viloyatlarga chiqib ketayotgan yo‘lovchilar oqimi bir necha barobarga ortib ketishi natijasida temir yo‘l vokzallari hamda avtovokzallar ayni damda har doimgidan ko‘ra gavjum.

Shu sababli ayrimlar vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tez orada Toshkent shahri bilan viloyatlar o‘rtasidagi barcha qatnovlar to‘xtatiladi, shuning uchun fuqarolar doimiy yashash manzillariga chiqarib yuborilmoqda, degan ma’lumotlarni tarqatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz bo‘lib, Toshkent shahri bilan shaharlaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan barcha avia, temir yo‘l, avtomobil tashuvlari uzluksiz ravishda davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан