Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida 12 nafar uyushmagan yoshlar koronavirus yuqtirib olgan
17.04.2020 18:05,  
1572

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida brifing o‘tkazildi. 

Unda ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlar:

— 52 nafari uy bekasi,
— 20 nafari maktab o‘quvchisi,
— 12 nafari uyushmagan yoshlar vakili,
— 20 nafari ishsiz hisoblanadi.

Kasallikning qay darajada yuqishi, qaysi moyil kontengentlar mavjudligi o‘rganilib, kasallik xavfiga duchor bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tuzilib, ularning ustidan tibbiy nazorat, qolaversa, laboratoriya tekshiruvlari orqali salomatligiga baho berish yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent shahri bo‘yicha jami qayd etilgan 355 ta holatni tumanlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Yunusobod tumanida 68 ta, Sergelida 48 ta, Olmazorda 47 ta, Shayxontohurda 37 ta, Yashnobodda 35 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 33 ta, Mirobodda 29 ta, Uchtepada 27 ta, Yakkasaroyda 13 ta holat qayd etilgan.

Ushbu ko‘rsatkichlar infeksiyaning aholi o‘rtasida tarqalganini emas, balki bemorlar qayd etilgan muassasalarning joylashuviga, qolaversa, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning karantin maskani joylashgan manzilga ham bevosita bog‘liq.

Bemorlar orasida 60 yoshdan katta yoshdagilar 32 nafarni, 50 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar 28 nafarni, 30-39 yoshdagilar 82 nafarni, 20–29 yoshdagilar 88 nafarni tashkil qiladi.

Shuningdek, bemorlarning 7 nafari 1 yoshgacha, 3 nafari esa 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан