Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
2.05.2022 20:22,  
91

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH  yuzasidan ma’lumot berildi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2022 yil 2 may soat 14:30 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida haydovchilar:

1) 1991 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli;
2) 1987 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli;
3) 1969 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi yana bir "Matiz" rusumli;
4) 1980 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va haydovchi U.N. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobili ag‘darilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан