Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida 6 soat ichida aholi orasidan yana 11 kishida koronavirus aniqlandi
11.06.2020 23:17,  
389

2020 yil  11 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4741 (+24) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 11 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahri va 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida hamda 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi.   

Ayni paytda yurtimizda 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1085 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda. 

Bugun mamlakatimizda 118 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 70 nafari Karantin muassasalarida (jumladan, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida bir yo‘la 28 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan), 39 nafari aholi orasida (shundan Navoiy viloyatidan 18 nafar, Toshkent shahridan 17 nafar, Namangan viloyatidan 3 nafar hamda Toshkent viloyatidan 1 nafar), qolgan 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 
 
Bugun 105 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4741 nafar bemordan 3637 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1085 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Shu kungacha jami 458 539 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 411 033 nafari karantindan chiqarilgan. 
 
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 923 nafar, statsionar karantinda esa 23 583 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан