Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida 7 mingta kvartira quriladi
2.05.2021 15:07,  
467

Prezidentimizning joriy yil 11 martda qabul qilingan “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida O‘zA  Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Jalol Arashev bilan suhbatlashdi.

–Mazkur farmon bilan poytaxtimizda qancha uy-joylar quriladi? Uy-joy qurilishi uchun alohida yer ajratilganmi?

– Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Toshkent shahar qurilish boshqarmasi tomonidan alohida massiv tanlab olindi. 7 ming kvartirani qurishga mo‘ljallangan 36,22 gektar yer maydoni ajratildi.

Ushbu alohida massivimiz Toshkent shahri, Yangihayot tumani, “Gulzor” MFY hududidan tanlandi. “ToshkentboshplanLITI” instituti tomonidan dastlabki aholi punkti loyihasi to‘liq sxemasi ishlab chiqildi. Kadastr agentligi, Toshkent shahar qurilish boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi bilan maydon  20 ta lotga bo‘lingan. Massivni shakllantirishda aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida infratuzilmaga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2 ming 310 o‘rinli 2 ta maktab, 1 ming 25 o‘rinli 4ta maktabgacha ta’lim muassasasi, bitta oilaviy poliklinika, 957 o‘rinli 2 ta ko‘p qavatli avtoturargoh, 4 ta mahalla guzari binosi, boshqaruv servis binosi hamda bitta ichki ishlar bo‘linmasi uchun bino qurilishi belgilangan.

Bundan tashqari, mazkur uy-joylar qurilib aholiga topshirilgach, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, mazkur hududga tutash hududda 210 gektarga mo‘ljallangan Industriya texnoparki tashkil etilishi rejalashtirilgan. Umuman olganda, massivda aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida barcha tarmoqlar qamrab olingan.  

Batafsil rejalar ishlab chiqilib, lotlarga bo‘lganimizdan so‘ng,e’lon 1 aprel kuni “E-ijro auksion” elektron portaliga joylashtirildi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 15-16 aprel kunlarida auksion bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ayrim sabablarga ko‘ra, ommaviy axborot vositalariga e’lon bermaganimiz sababli, “E-ijro auksion” elektron portalimizdan ko‘pchilik bexabar qolgan. Shu bois, auksion savdolari keyinga qoldirildi.

Hozir qayta e’lon berilgan. Tadbirkorlarimizdan, shu fursatdan foydalanib, Toshkent shahri, Yangihayot tumani, “Gulzor” MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan uy-joylar qurilishida ishtirok etishni so‘rardik.

23 ta 16 qavatli 2208 ta xonadon, 79 ta 9 qavatli 4 ming 266 ta xonadon joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolari loyihasini tasdiqladik. Farmonga binoan har bitta xona 70 kvadratdan oshmagan holda loyihalashtirilgan. Mazkur loyihalarimiz to‘liq ekspertizadan o‘tkazilib, qurilish jarayoniga tayyor turibdi. Auksion savdolaridan keyin qurilishning birinchi bosqichidan nazorat qilishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz.

–Ushbu uy-joylarni fuqarolarga berishda shaffoflik qay darajada ta’minlanadi?

– Ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensatsiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida hududlarda senatorlar, deputatlar va jamoat faollari ishtirokida “Xalqparvar” komissiyalari tashkil etiladi. Bugungi kunda “Xalqparvar” komissiyasi nizomi tasdiqlangan. Mana shu uy-joylarning aholiga muddatida, sifatli, adolatli, shaffof, haqiqatdan uy-joyga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga berilishida “Xalqparvar” komissiyasining roli katta bo‘ladi.

Bundan tashqari, qurilishning nazorat tizimi bor. Birinchi, buyurtmachining nazorat tizimi. Ya’ni buyurtmachi sifatida bu massivimizda Toshkent shahar hokimligining yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi belgilangan.

–Farmon bilan qurilish materiallarining tannarxi tushirildi. Bu uy-joylarning tannarxi tushishiga muhim sabab bo‘ladi. Uyning tannarxi tushirilishi sifatga ta’sir qilmaydimi?

– Mazkur farmonda aniq imtiyozlar belgilangan. Uy-joy narxini arzonlashtirish maqsadida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan sement va metall  bo‘yicha alohida birja savdolari seksiyasi joriy qilinadi. Misol uchun,auksionda g‘olib

bo‘lgan qurilish- pudrat tashkiloti bilan shartnoma qilinganidan keyin pudrat tashkilotlari ro‘yxatini shakllantiramiz. Buni Qurilish va Moliya vazirligiga taqdim qilamiz. Quruvchi tashkilotlar uchun birjadan qurilish materiallarini to‘g‘ridan -to‘g‘ri olish imkoniyati yaratiladi.

Narx arzonlashishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu farmonda bu haqda alohida aytilgan. Toshkent shahrida qurilgan uy-joylarning 1 kvadrat metri 5 million 700 ming so‘mdan oshmagan holda sotilishi belgilangan. Bu bo‘yicha alohida o‘rganishni amalga oshirdik. Bundan tashqari, farmonda ko‘rsatilganidek,uylarning narxini arzonlashtirish maqsadida tashqi muhandislik kommunikatsiya texnologiyalari davlat tomonidan, hududni obodonlashtirish mahalliy hokimlik tomonidan amalga oshiriladi.  

–Ushbu uy-joylar uchun qancha subsidiyalar ajratilgan? Yangi uylar qachon o‘z egalariga topshiriladi?

– Yuqoridagi hujjatga asosan Toshkent shahridan uy-joylar qurilishi uchun 2605, 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Subsidiyalar soni 4 ming 150tani tashkil etadi. Jami to‘lanadigan summa 233, 2 milliard so‘m. Dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi 154,5 milliard so‘mni tashkil etsa, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 78,8 milliard so‘m subsidiya ajratilgan.

Bir kvartira maydonining eng ko‘p me’yori 70 kvadrat metr etib belgilangan. Uy-joyning umumiy hisoblangan qiymati 399 million so‘mgacha. Boshlang‘ich badali 15 foizdan iborat. Agar boshlang‘ich badal uchun 10 foiz subsidiya berilsa, fuqaro 5 foiz to‘lov qiladi.

Ushbu uy-joylar joriy yil so‘nggida egalariga topshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан