Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida aholi orasida koronavirus aniqlanishi keskin oshmoqda
8.06.2020 23:09,  
736

2020 yil 8 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4440 (+36) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda yurtimizda 3357 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1065 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda. 

Bugun mamlakatimizda 109 holatda kasallik qayd etilgan. Karantin muassasalarida  – 39 nafar, aholi orasidan (Toshkent shahrida –54 , Navoiy viloyatida-5, Toshkent viloyatida – 4, Namangan viloyatida - 3) 66 nafar va 4 nafar xorijdan mamlakatimiz xududiga  kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.
 
Bugun 3 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4440 nafar bemordan 3357 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1065 nafar bemordan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 
Shu kungacha jami 444 715 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 399 413 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 549 nafar, statsionar karantinda esa 21 753 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан