Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida aholi orasidan 102 kishida koronavirus aniqlandi
10.07.2020 17:04,  
481

2020 yil 10 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 857 (+134) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7 335 (+48) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (shundan 38 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent shahridagi 3-son tug‘ruq majmuasida) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda 4 469 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан