Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida aholi orasidan yana 113 kishida koronavirus aniqlandi
19.07.2020 18:29,  
344

2020 yil 19 iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 607 (+178) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 113 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 26 nafar, Sirdaryo viloyatida 14 nafar hamda Andijon viloyatida 11 nafar, jami 51 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 9 178 (+51) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 7 344 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан