Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida aholi orasidan yana 22 kishida koronavirus aniqlandi
27.06.2020 23:59,  
471

2020 yil 27 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7682 (+131) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 45 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida, 32 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 34 nafar Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun mamlakatimizda 255 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 169 nafari Karantin muassasalarida, 54 nafari aholi orasida (shundan 39 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida), qolgan 32 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан