Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida kontrafakt disklar savdosiga chek qo‘yildi
10.09.2019 22:55,  
7

Litsenziya yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish – Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu haqida Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati Sof.uz nashriga xabar berdi.

Vahshiylik, shafqatsizlik, kuch ishlatish yoki qiynoqlar, behayolik aks etgan sahnalarga asoslangan audiovizual mahsulotlarni savdoga chiqarish qonunchilik talablariga mutlaqo ziddir.

Shunga qaramay ayrim fuqarolarimiz o‘z manfatlarini ustun quygan holda, noqonuniy ravishda va belgilangan tartibda litsenziya olmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Barchamizga ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 354-sonli qarorida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qat’iy rioya etilishi yuzasidan muntazam nazoratni amalga oshirish hamda aybdor shaxslarning qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yilgan.

Xususan, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik tadbirlar davomida Bektemir tumani «Qo‘yliq dehqon bozori» hududida fuqaro Eshonqul Dilmurodov (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan savdo faoliyatini amalga oshirayotgani aniqlandi. Natijada 287 dona umumiy qiymati 1 mln. 435 ming so‘mlik sifatsiz, litsenziyalanmagan, kontrafakt DVD va SD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Yana bir fuqaro Boymurat Eshmatovning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Hech qanday hujjatsiz disk mahsulotlari bilan savdo qilayotgan soxta tadbirkordan 263 dona, umumiy qiymati 1 mln. 315 ming so‘mlik mahsulotlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqaro Ne’matulla Boltayev tomonidan «Aviasozlar dehqon bozori» yonida jami 350 dona umumiy bahosi 1 mln. 750 ming so‘mlik kontrafakt disklar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Hech qanday hujjatlarsiz savdo qilayotgan yana bir fuqaro Salohiddin Roziqovdan umumiy bahosi 3 mln. 280 ming so‘mlik 656 dona kontrafakt disk mahsulotlari vaqtincha olib qo‘yildi. Ushbu fuqaro ham o‘z moddiy manfaatini ustun qo‘yib, noqonuniy savdo faoliyatiga voyaga yetmagan yoshlarni jalb qilgan. Ya’ni, endigina 14 yoshga to‘lgan jiyanining qo‘liga kitob berib, jamiyat hayotida ilm olishdek muhim vazifani bajarishga ko‘maklashish o‘rniga kontrafakt disklar savdosi bilan band qilib, cho‘ntakni to‘ldirish bilan ovora bo‘layotgani achinarli hol, albatta.

Joriy yilning o‘tgan davrida davlat soliq xizmati organlari tomonidan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 260 holatda 94 ming dona umumiy qiymati 376 mln. so‘mlik litsenziyalanmagan, kontrafakt tarzda ko‘paytirilgan DVD va SD disklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Qalbaki va kontrafakt mahsulotlari savdosining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar Shayxontohur tumanida ham o‘tkazildi.

«Eski juva dehqon bozori» hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 8 nafar fuqaro tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, ulardan jami 1824 dona umumiy qiymati 7 mln. 365 ming so‘mlik DVD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi. Bu ham yetmaganiday, ushbu disklar orqali tarqatilayotgan video va audio mahsulotlar xaridorga sotishdan avval yana bir bor ko‘zdan kechirib olish uchun sotuvchida qurilmalar mavjud emasligi va bu esa ular sotayotgan mahsulotni faqat suratiga qarab, ishonchsiz mahsulotlarning xarid qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ko‘paytirish manbalarini aniqlash tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан