Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida koronavirus aniqlanayotgan maktablar 16-martdan karantinga yopiladi
15.03.2021 20:43,  
359

Toshkent shahrida 16 martdan koronavirus infeksiyasi yuqishining epidemik jarayon zanjiri paydo bo‘lgan maktablar karantinga yopiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasidagi manbaga asoslangan holda Kun.uz xabar bermoqda.

 

«Ertadan koronavirus aniqlangan va kasallik tarqalishi zanjiri yuz berayotgan maktablar karantinga yopiladi. O‘qish esa to‘liq onlayn olib boriladi. Shundan keyin 20 martdan bahorgi ta’til boshlanadi.

Bahorgi ta’tildan keyin nima bo‘lishi bo‘yicha esa vaziyatga qarab qaror qabul qilinadi. Bugun hokimiyatda o‘tgan yig‘ilishda shunday topshiriq berilgan», dedi shaxsi sir qolishi sharti bilan ma’lumot bergan manba.

Hozircha Toshkentdagi aynan qaysi maktablarda virus aniqlangani xabar qilinmagan.

Ma’lumot uchun, maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan 28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirus aniqlanishi bilan bog‘liq kunlik holatlar o‘smoqda. 14 mart kuni bemorlar soni 111 nafarga oshgan va shundan 93tasi Toshkent shahrida qayd etilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva poytaxtda asosan maktablar o‘quvchilari, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus aniqlanayotganini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан