Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida ochilayotgan Amiti universiteti filialida o‘qish narxi ma’lum bo‘ldi
14.05.2019 17:56,  
53

Toshkent shahrida ochilayotgan Amiti universiteti filialida o‘qish narxi bakalavriyat uchun 3 ming dollar va magistrutura esa uchun 5 ming dollar etib belgilangan. Bu haqda 14 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Amiti universitetining ta’lim faoliyatiga bog‘liq masalalarni muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumaninida aytib o‘tildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 7 yanvardagi «Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qish 2019 yil sentyabr oyidan boshlanadi. Oliy ta’lim muassasasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, kompyuter va dasturiy injiniring, sun’iy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

«Qabul jarayonlari may oyi oxirlarida boshlanadi. Kirish imtihonlari ingliz tili va matematika fanidan bo‘lib o‘tadi. Ta’lim shartnoma bo‘yicha yiliga bakalavriat uchun 3 ming dollar va magistrutura esa uchun 5 ming dollar etib belgilangan. Shuningdek, tadqiqotchilar uchun PhD ham mavjud», — deydi Amiti universitetining Toshkent filiali rahbari, professor Sunil Kumar Khatri «Daryo» muxbiriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Amiti universiteti Hindistondagi yetakchi xususiy oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi va unda 150 mingda ziyod talabalar tahsil oladi. Ta’lim muassasasining bosh binosi Noida shahrida joylashgan bo‘lib, uning 11 ta shaharda kampuslari mavjud. Shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, JAR va jahonning boshqa shaharlarida filiallari faoliyat yuritadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан