Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali tashkil etiladi
13.01.2021 18:51,  
224

Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali tashkil etiladi

“Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi” Prezident qarori (PQ–4942, 12.01.2021) qabul qilindi. 

Qarorga belgilanishicha, filial:

universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi;

ta’lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi;

kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta’lim shaklida olib boradi;

bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunasidagi diplomini beradi;

ta’lim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda olib boradi.

Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan filial bitiruvchilari uch yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi;

Qarorga asosan filialda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassislari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

1. Filologiya (sharq tillari bo‘yicha);

2. Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha);

3. Biotibbiyot (kimyo, fizika, psixologiya va boshqalar).

Izoh berilishicha, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassislari ro‘yxatiga buyurtmachi tashkilotlar ehtiyojlarini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан