Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida yovvoyi toshbaqa yashab kelgani aniqlandi
3.06.2020 08:47,  
659

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti bioxilmaxillikni saqlash bo‘limi xodimi Fazlulloxon Agzamov tomonidan Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanali o‘rgani ishlarini olib bordi.

Qo‘mita matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayonida Bo‘rijar kanalida yovvoyi holda yashab kelayotgan Amerika Qizilquloqli botqoq toshbaqasiga duch kelindi. Toshbaqa suvdan chiqib turgan daraxt tanasida oftobda toblanayotgan vaqtda Zoologiya instituti xodimi Timur Abduraupov tarafidan suratga olindi.

Ushbu turdagi toshbaqalarning shahrimiz suv havzalarida yashashi avvaldan taxmin qilingan va mahalliy baliqchilar tomonidan ko‘rilgan xam edi, ammo ma’lumot tasdiqlanmagan edi.

Qizilquloq toshbaqalar akvariumchilar orasida keng tarqalgan tur. Qizilquloq toshbaqa tez katta bo‘lganligi sababli odamlarning akvariumlariga sig‘may qoladi va fuqarolar o‘z toshbaqalarini ochiq suv havzalariga qo‘yib yuboradilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан