Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahridagi doimiy aholi soni ma’lum bo‘ldi
26.04.2022 07:09,  
330

Bugungi kunda yurtimizda aholining soni va uning o‘sish sur’atlari uzluksiz ravishda ortmoqda.

Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2022 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 2 million 879 ming 800 kishini tashkil etmoqda. Yil boshidan 17,4 ming kishiga yoki 100,6 foizga ko‘paydi. Shundan erkaklar soni 1 million 411 ming 800 kishini, ayollar soni esa 1 million 468 ming kishini tashkil etdi.

Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2022 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 387,7 ming kishini, ya’ni shahar aholisi sonidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etadi. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 360,9 ming kishi – 12,5 foizdan iborat.

Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 124,6 ming kishi (4,3 foiz) va Bektemir tumanida – 51,8 ming kishi (1,8 foiz)ni tashkil etgan.

Shuni alohida aytish joizki, aholining soni tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlaridan tashqari migratsiya jarayonlariga ham bog‘liq. 2021 yil yanvar-mart oylarida Toshkent shahar bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 21,5 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 16,6 ming kishini tashkil etgan. Migratsiya saldosi 4,9 ming kishi bo‘lib, 2020 yilning mos davrida 12,5 ming kishi bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан