Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrining bir qancha mavzelarida issiq suv o‘chiriladi
19.09.2020 17:48,  
589

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14 sentyabrdan boshlab poytaxtimizdagi Issiqlik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan hududlardagi issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar kuzatiladi

Xususan, 21-25 sentyabr kunlari 2, 3 va 6-Issiqlik markazlari hamda “Suvsoz” va “Sanoatenergo” qozonxonalarining ta’minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.

2-IM ta’minot yo‘nalishidagi:

— Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Feruza, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6, Feruza, Bo‘z-2 dahalarida;

3-IM ta’minot yo‘nalishidagi:

— Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M-10, 11, 13, 14, 26, 27, 28, B-1, B-2, B-3 dahalarida;

6-IM ta’minot yo‘nalishidagi:

— Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tolimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq-1-7 dahalarida.

«Suvsoz» qozonxonasi ta’minot yo‘nalishidagi:

— Husayn Boyqaro ko‘chasi, «Suvsoz» mavzesida.

«Sanoatenergo» qozonxonasi ta’minot yo‘nalishidagi:

«Quruvchi» mavzesida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан