Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Toshkent suv ta’minoti» Olmaliq shahar filialining rahbari I.Sh. va yetakchi muhandisi F.K. pora uchun qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushlanganlar oldindan til biriktirib, F.L. MChJ ta’sischisidan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani bazaga kiritmaslik evaziga 2 000 dollar talab qilishgan.
Fuqaro F.K. aytilgan miqdorning 1 000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.