Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent va Andijonda 300 nafardan ortiq fuqarolarda koronavirus aniqlandi
10.09.2020 17:15,  
528

2020 yil 10 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45 473 (+313) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 269 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Toshkent viloyatida hamda 9 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli X.F. (erkak) hamda Ohangaron shahrida yashagan 46 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 176 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida yana 5 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 42 509 (+297) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 594 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан