Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent va Andijonda aholi orasidan koronavirus aniqlandi
25.06.2020 10:04,  
600

2020 yil 25 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990 (+89) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4685 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2286 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 5 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан