Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent va Farg‘onada qurol-yaroq va o‘q dorilarni yashirincha olib kirishga doir holatlar fosh qilindi
5.02.2022 20:34,  
73

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro Ye.A. boshqaruvidagi “TOYOTA LAND CRUISER” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha, 2 dona pnevmatik to‘pponcha uchun gaz balon hamda 310 dona pnevmatik o‘qlar borligi aniqlandi

Yana bir holatda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro A.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasidagi chang yutgich ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha hamda 243 dona pnevmatik to‘pponcha uchun mo‘ljallangan o‘qlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona postida xorijdan uchib kelgan fuqaro D.J.ga tegishli yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, yuklar orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2 dona 12 kalibrli ov qurollari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан