Toshkent shahri va Namanganda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Toshkent shahri va Namanganda aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020 yil 5 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3987 (+22) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafar Toshkent shahridan (8 nafari aholi orasida, 4 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari xorijdan kelgan), 2 nafar Sirdaryo viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Namangan viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan), qolgan 2 nafari Karantin markazidagi (xorijdan kelgan) fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3227 (+140) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 744 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.