Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent va Qarshida 2 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi
14.07.2020 10:28,  
477

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahrida yashovchi 60 yoshli B.E. (erkak) joriy yil 6 iyul kuni ertalab qon bosimi yuqori bo‘lib, gapirmay qo‘yganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va bemor o‘ta og‘ir ahvolda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan holda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi hamda insult tashxisi qo‘yilgan. Xastalik miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda koma asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.Bemor bundan avval, bir necha yillardan buyon gipertoniya, qandli diabet bilan og‘rigan, 2019 yilda insultni o‘tkazgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10 iyulgacha tana harorati ko‘tarilib, holsizlik kuzatilgan. 

11 iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yo‘tal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lganligi sababli “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor og‘ir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 64 kishiga yetdi.

Ushbu virusni jami 13 872 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 8 030 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 5 778 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, ulardan 53 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан