Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida 2 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi
3.08.2020 09:50,  
174

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 60 yoshli bemor G.S.da (ayol)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, Bekobod shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, gepatoz, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 67 yoshli bemor E.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangandan so‘ng bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilganligi, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.

Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Har ikki bemor o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан