Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla vafot etdi​
16.09.2020 17:18,  
2115

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Xayrulloh domla Turmatov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ta’lim olgan, mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyatidagi «Chetsuv», «Qorabog‘», «Zangiota» jome masjidlari imom-xatibi, Angren shahri bosh imom-xatibi vazifalarida ishlab kelgan. So‘nggi yillarda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi vazifalarida xizmat qilib kelgan. 

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va jamoasi diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan jonkuyar ulamo  Xayrulloh domlaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.

Haq taolo marhumning farzandu arjumandlari va barcha yaqinlariga go‘zal sabr bersin. Yaratgan oxiratlarini obod qilsin!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан