Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyati SEOMning sobiq so‘kong‘ich rahbari 1,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda
9.11.2020 09:57,  
460

«Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining rahbari Boltaboyev sheriklari bilan birga virusga qarshi tadbirlar uchun ajratilgan 1,1 milliard so‘mni o‘zlashtirgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», — deb ta’kidlagan O‘zbekiston bosh prokurori o‘z chiqishida.

Baxtiyor Boltaboyev 2020 yilning iyun oyida, o‘z xizmat xonasida qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlayotgani aks etgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan so‘ng tanilgan edi. Videoda Boltaboyev, jumladan, (katta ehtimol bilan Bahodir Yusupaliyevni nazarda tutgan holda): «Ko‘rdingizmi, Bahodir Qahramonovich qanday so‘kadi hammani, ko‘rdingizmi, hokimlarning oldida qanday so‘kyapti hammani? Mana shunday ishlatsangiz ishlaydi bular», degan.

Ko‘p o‘tmay Boltaboyev o‘z xodimlaridan, hamkasblaridan va kasaba uyushma vakillaridan uzr so‘ragani aks etgan videoyozuv e’lon qilingan, shunga qaramay, «qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati» uchun shu kuniyoq sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevning tegishli buyrug‘i bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan edi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан