Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida 100 ga yaqin ta’lim muassasasi karantinga olindi
27.04.2021 19:47,  
134

Toshkent viloyati hududlarida 891 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, joriy yilning 26 aprel kuni holatiga ko‘ra 72 ta umumta’lim maktablarining 100 nafar o‘quvchi va 42 nafar o‘qituvchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 64 ta maktab to‘liq, 8 ta umumta’lim maktabi 11-sinflari onlayn ta’limga o‘tkazilgan.

Viloyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlari 514 ta bo‘lib, 9 ta bog‘chada koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 7 ta MTT to‘liq, 2 ta guruh onlayn rejimga o‘tkazilgan. Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi 1,2-sonli kasb-hunar maktablari, Chirchiq shahridagi Chirchiq tibbiyot texnikumi, ChDPI akademik litseyi, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat Jismoniy tarbiya universiteti, 7-sonli musiqa va san’at maktabi, Olmaliq shahridagi MiSIS, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti filialidagi 1 ta guruh hozirgi kunda ish faoliyatini onlayn rejimda olib bormoqda.

Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 26 aprel kuni viloyatda 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан