Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida 11 yoshli qiz «Seftriakson»dan vafot etgani aytilmoqda
31.10.2021 08:13,  
521

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida 11 yoshli qiz «Seftriakson» dori vositasi sababli vafot etganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Vafot etgan qizning opasining so‘zlariga ko‘ra, 19 oktyabr kuni shifokor retsepti bo‘yicha qizga «Seftriakson» ukoli qilingan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, qizaloqda ko‘ngil aynishi, oyoq va qo‘llaridagi tirnoqlarning ko‘karishi hamda ko‘z qizarishi boshlangan.

Shundan keyin, qiz Angrendagi bolalar shifoxonasiga olib borilgan, lekin, shifokorlarning urinishlariga qaramay, qizcha shifoxonada vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, qizning o‘limi qonning suyuq holatdaligi, ichki a’zolarning kam qonligi, ko‘z qovoqlarining o‘tuvchi pardalari, o‘pka, vitseral varag‘i ostida, yurak epikardida mayda nuqtachalar ko‘rinishidagi qon quyilishlari, bosh miya va o‘pka shishi, ichki a’zolarining suvsizlanishi, anaflaktik shok, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, tarxeit, bronxit, ikki tomonlama o‘pkalar yallig‘lanishi, gastroenterokolit oqibatida yuzaga kelgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан